4 fevral kuni Pekindagi Milliy stadionda («Qush uyasi» deb ham ataladi) 24-Qishki Olimpiadaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Rejissyor Chjan Imou tomonidan uyushtirilgan shouning asosiy mavzulari avlodlar birligi va davomiyligi bo‘ldi, ramzi esa — qorqiz. Tantanali marosimda ulkan svetodiodli ekranlar, kompyuter grafikasi, uch ming artist va albatta, mushaklardan foydalanildi. Stadionga qishki o‘yinlarda qatnashuvchi 90 dan ortiq mamlakat vakillari chiqib kelishdi. Stadion tribunalaridan qator davlatlar, jumladan RF prezidenti Vladimir Putin marosimni kuzatdi. Quyida qishki o‘yinlar ochilishidan eng yorqin suratlar.

Pekin o‘zida ham yozgi (2008 yil), ham qishki Olimpiadani qabul qilgan ilk shahar bo‘ldi. 80 ming kishilik stadion tribunalari pandemiya tufayli musobaqalar vaqtida faqat 30 foizga to‘ldiriladi. Xitoy hukumati o‘yinlarga chipta sotmaslikka qaror qilgan.


Olimpiya o‘yinlari ochilishi «Tezroq, yuqoriroq, kuchliroq, hamjihatlikda» shiorida o‘tdi.















































