Körsatuvda prezident iştirokidagi 2 fevral kungi videoselektor yiğilişidan lavhalar körsatildi. Şavkat Mirziyoyev daraxt ekiş işlariga sovuqqonlik bilan qarayotganlarni tanqid qildi. Prezidentning aytişiça, Yunusobod tuman hokimi kuzgi daraxt ekiş rejasini bajarmagan.

«Yunusobod kuz mavsumida 20 mingdan ortiq mevali daraxt ekiş rejasini bor-yöği 43 foizga bajargani uçun tuman hokimi işdan olindi», dedi prezident. Şavkat Mirziyoyev bu iste’fo qolganlarga örnak bölişi kerakligini aytdi.

Ma’lumot uçun, 24 yanvar kuni Jahongir Ibrohimov örniga Bahodir Abdullayev Toşkent şahri Yunusobod tuman hokimi etib tayinlangandi.

Eslatib ötamiz, 2 fevraldagi selektor ekologiya masalalariga bağişlangan bölib, unda davlat rahbari “Yaşil yillik” umummilliy tadbirini e’lon qilgandi.