Bu Rossiya Içki işlar vazirligining migratsiya holati böyiça körsatkiçlaridan ma’lum böldi.
Ötgan yili Rossiyada berilgan işlaş uçun patentlarning yarmidan köpi Özbekiston fuqarolariga töğri keladi. Ularning soni 1 316 569 taga yetdi.
Idora ma’lumotlariga köra, 2021 yilning yanvar-dekabr oylarida 2 million 221 ming 826 ta mehnat patenti berilgan, şundan 1 million 316 ming 569 tasi Özbekiston fuqarolari, 787 mingtasi Tojikiston fuqarolari, qariyb 65 mingtasi Ozarboyjon fuqarolari tomonidan olingan.
Bundan taşqari, Ukraina (37 ming) va Moldova (17 ming) fuqarolari ham patentlarni rasmiylaştirgan.
2021 yilda Rossiyada migrantlar uçun berilgan mehnat patentlari soni deyarli ikki baravar köpaydi. Bundan taşqari, ötgan yili çet el fuqarolariga işlaş uçun berilgan ruxsatnomalarni rasmiylaştiriş soni ham oşdi.

















