5 fevral kuni Içki işlar vazirligida bölib ötgan IIV tizimida sodir etilgan korrupsion holatlar tahliliga bağişlangan anjumanida ma’lumot berilişiça, 2020 yilda içki işlarning 46 nafar xodimi korrupsion jinoyatlar sodir etgani uçun jinoiy javobgarlikka tortilgan. 2021 yilda esa bu körsatkiç deyarli 2 baravarga ortib, 89 nafar xodim tomonidan 119ta korrupsion jinoyat sodir etilgan.

Şundan:

  • 47tasi Jinoyat kodeksi 206-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan çetga çiqiş);
  • 18tadan JK 209- (mansab soxtakorligi) va 211-moddasi (pora beriş);
  • 14tasi JK 168-moddasi (firibgarlik);
  • 13tasi JK 210-moddasi (pora oliş) va qolgan 9tasi boşqa korrupsion jinoyatlarni taşkil qiladi.

Tadbirda huquq-tartibot idoralaridagi korrupsiyaviy holatlarga sabab böluvçi omillarga doir – 5883 nafar fuqaro va 4067 nafar içki işlar xodimi iştirok etgan anonim sörovnoma natijalari ham ma’lum qilindi.