Endilikda Boyovut tumanida Xalq deputatlari tuman kengaşiga hokim raislik qilmaydi. Sirdaryo viloyati hokimligi axborot xizmatining xabar berişiça, Boyovut tumani hokimi Dilfuza Uralova 2022 yil 7 fevral kuni Xalq deputatlari Boyovut tumani kengaşining navbatdagi sessiyasida kengaş raisligini deputatlarga topşirişini ma’lum qilgan.

«Yana bir yangilikni aytmoqçiman. Bundan buyon kengaş rahbari hokim bölmaydi. Tajriba tariqasida Boyovut tumanida mahalliy kengaş raisi deputatlar orasidan saylanadi. Bir umrlik orzum şu, endi birinçi sektor rahbari sifatida kengaş majlisida sektorlar qatorida pastda ötirib, neytral hisobot topşiraman, ya’ni özim kengaş raisi vazifasini amalga oşirmayman», – degan u.

Ma’lumot uçun, Özbekistonda tuman hokimlarining Xalq deputatlari tuman kengaşlariga raislik qilişini tugatiş haqida rejalar bor. Ammo uşbu iş qaçon amalga oşirilişi sanasi haqida aniq gap yöq.

Jumladan, 2021 yil 24 fevral kuni Senat raisi Tanzila Norboyeva Xalq deputatlari, viloyat, tuman va şahar kengaşlariga hokimlarning boşçilik qilişi amaliyotidan qaçon voz keçilişi borasidagi savolga javob bergandi.

«Xudo xohlasa yaqin kelajakda böladi. Yilini aniq aytolmayman, lekin şunga qarab ketyapmiz. Qanday ketyapmiz? Mana, Xalq deputatlari, viloyat, tuman va şahar kengaşlarida kotibiyatlar bekorga taşkil qilinmadi-ku.

Şunday amaliyotda qolar ekanmiz, degan tuşunça bölişi kerak emas. Bunga jamiyat ham tayyor bölişi kerak. Bu jarayonda töpolon, ur-yiqitlar bölib ketişi kerak emas.

Biz hozir yangi Özbekistonga ötiş davridamiz. Bu jarayonda ziddiyatlar kuçaymoqda. Islohotlar qilişda ziddiyatlar kuçayyapti. Ziddiyat kuçaysa, har xil kuçlar bir-biri bilan nifoqqa boradi.

Şuning uçun bu islohotlar sekin-sekin böladi. Bu jarayon juda uzoqqa çöziladi, deb ham öylamayman. Balki keyingi saylovlargaça bu töliq oxiriga yetar», – degan edi Senat raisi.