Sport | 16:58 / 10.02.2022
14345
2 daqiqa o‘qiladi

FIFA reytingi: O‘zbekiston milliy jamoasi bir pog‘ona pastladi, Belgiya jahonda, Eron Osiyoda peshqadam

FIFA rasmiy sayti 2022 yil yanvar oyi yakunlariga ko‘ra, yangilangan reytingini e’lon qildi.

Foto: Tribuna.uz

Unga ko‘ra, O‘zbekiston milliy jamoasi bu safar 1277 ochko bilan 85-o‘ringa pastlagan. Milliy jamoamiz yozda JCh-2022 3-saralash bosqichiga chiqa olmagach, bir pog‘ona pastlab 83-o‘rindan 84-pog‘onaga tushgan edi. 2022 yilning dastlabki oyida esa yana bir pog‘ona pastladi.

Osiyo mamlakatlari orasida Eron peshqadam (21-o‘rin) bo‘lsa, keyingi o‘rinlardan Yaponiya (23), Janubiy Koreya (29), Avstraliya (37), Qatar (52), Saudiya Arabistoni (53), BAA (69), Iroq (74), Xitoy (75), Ummon (79) va O‘zbekiston (85) qit’ada 11-o‘rinda bormoqda. Bizdan keyin reytingda Osiyodan Bahrayn (89), Iordaniya (90), Suriya (91) va Livan (95) joy olgan.

Jahon reytingida hali hamon Belgiya peshqadam – 1-o‘rin. Braziliya va Fransiya uchlikdan joy olgan bo‘lsa, Argentina, Angliya, Italiya, Ispaniya, Portugaliya, Daniya va Niderlandiya milliy jamoalari o‘nlikdan joy olgan. 

Eslatib o‘tamiz, Srechko Katanets murabbiyligidagi jamoa yanvar oyida Yaponiya va Yangi Zelandiyaga qarshi xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushishi lozim edi. Biroq raqiblar koronavirus bilan bog‘liq muammolar sababli O‘zbekiston bilan o‘yinni bekor qilgach, vakillarimiz Janubiy Sudanga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazib, g‘alaba (3:0) qozongan edi. Biroq bu g‘alaba O‘zbekistonning reytingda o‘z o‘rnini saqlab qolishiga kamlik qildi.

Mavzuga oid