IIV axborot xizmatining xabar berişiça, Paxtakor tumani Toşkent mahallasida yaşovçi 1960 yilda tuğilgan xususiy korxona rahbari tuman sudining qaroriga asosan yerni oliş maqsadida Foriş tumani MIB xodimlari bilan Arnasoy tumani Ğafur Ğulom mahallasida yaşovçi 54 yoşli tadbirkorning yeriga borgan vaqtda örtada janjal kelib çiqqan.
Şundan söng arnasoylik tadbirkor öziga tegişli ov miltiği bilan yerni oliş uçun kelgan korxona rahbarining öng kökrak qafasiga bir marta otib tan jarohati yetkazgan. Oqibatda jabrlanuvçi tuman tibbiyot birlaşmasiga olib ketilayotganda vafot etgan.











