Qozoğiston birinçi prezidentining ukasi Bolat Nazarboyevga qaraşli fond «Qazaqstan xalqina» fondiga 1 mlrd tenge (2 mln 345 ming dollar) ötkazdi. uşbu fond Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev tomonidan taşkil etilgan.
«Saliqali Ұrpaq» fondi nomidan yanvardagi fojialar qurbonlariga ta’ziya bildiramiz. Mamlakat uçun qiyin bölgan hozirgi vaqtda biz davlat rahbari atrofida birlaşişimiz va Qozoğiston xalqiga yordam berişimiz şart», — deyiladi Nazarboyev fondi xabarida.
Bolat Nazarboyevning «Saliqali ұrpaq» fondi 2016 yilda taşkil etilgan. Uning maqsadi xayriya işlari va ijtimoiy loyihalarga qaratilgan.
Xabar qilinişiça, avvalroq Nursulton Nazarboyev fondi «Qazaqstan xalqina» fondiga 500 mln tenge ötkazgan.
Töqayev 11 yanvar kuni xayriya fondi taşkil etişni taklif qilgandi.
Fond saytida berilgan röyxatda 1 mlrd tengedan ortiq pul ötkazgan 12 tuzilma va undan kamroq mablağ ötkazgan yuzdan ortiq kompaniya nomi keltirilgan. Eng köp mablağni (30 mlrd tenge) Eurasian Resources Group kompaniyasi ötkazgan.

















