10 fevral kuni Belarusda Rossiya va Belarus harbiylarining «Ittifoqçilik qat’iyati-2022» nomi ostidagi qöşma öquv maşğulotlari boşlandi. Bu haqda RF mudofaa vazirligi rasman ma’lum qildi.

Qayd etilişiça, Belarusdagi umumqöşin poligonlarida ötkazilayotgan manyovrlarda qurolli kuçlar maşğulotlari «mudofaa operatsiyasi jarayonida taşqi tajovuzni bostiriş va qaytariş, şuningdek, terrorizmga qarşi kuraşiş va ittifoq davlatlari manfaatlarini himoya qiliş» vazifalarini sifatli uddalaş maqsadida taşkil etilgan.

RF mudofaa vazirligi maşğulotlarga qisqa vaqt içida 10 ming kilometr masofada qayta töplangan Şarqiy harbiy okrugning boşqaruv organlari, bölinmalar va harbiy qismlar hamda Belarus qurolli kuçlari jalb etilganini ma’lum qilgan.

«Domanovskiy», «Gojskiy», «Obuz-Lesnovskiy», «Bresskiy» va «Osipoviçskiy» poligonlarida, şuningdek Belarusdagi alohida uçastkalarda şartli jangari guruhlarning bostirib kirişini töxtatiş, qurol-yaroğ va öq-dorilar yetkazib beriladigan kanallarni tösiş, noqonuniy qurolli tuzilmalar, duşmanning diversion-razvedka guruhlarini qidiriş, tösqinlik qiliş va yakson qiliş böyiça maşğulotlar ötkazilmoqda», deyiladi xabarda.

Maşğulotlar vaqtida aviatsiya uçun Baranoviç, Lunines, Lid ava Maçulişi aerodomlaridan foydalaniladi. Maşğulotlar 20 fevralga qadar davom etadi.