Prezident Şavkat Mirziyoyev 11 fevral kuni ötkazilgan videoselektor yiğilişida Özbekistonda yöl harakati xavfsizligi masalasi izdan çiqib ketganini ta’kidladi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.
«Albatta, hozirgi oçiqlik siyosatimizda odamlardan kelayotgan xatlarda yöl harakati xavfsizligini ta’minlaş böyiça qonunlarimiz ham, işlarimiz ham qoniqarsizligidan odamlar juda katta e’tiroz bildiryapti. Juda katta e’tiroz.
Yöl harakati xavfsizligi masalasi izdan çiqib ketgan Özbekistonda», degan prezident.
Davlat rahbarining sözlariga köra, mamlakatda 2021 yilda 10 mingdan ziyod avariyalar sodir etilgan va 9 mingdan ortiq fuqaro jarohat olgan, 2,5 mingga yaqin odam, şu jumladan 263 nafar bola halok bölgan.
«Bu biz uçun katta fojia emasmi? Bir yil içida 10 mingdan ziyod avariya sodir etilib, 2,5 mingdan ortiq odam halok bölyapti. Fojia bu», deya ta’kidlaydi prezident.

















