Öqituvçilik juda mas’uliyatli va şarfli kasb bölib, rivojlangan davlatlarda eng yuqori haq tölanadigan mutaxassisliklardan biri hisoblanadi. Ularning davlat rivoji va taraqqiyoti uçun qöşayotgan hissasi munosib qadrlanadi.

Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot taşkiloti tahlillari böyiça, öqituvçilar eng köp maoş oladigan davlatlar reytingi quyidagiça (kamida 15 yillik iş tajribasiga ega boşlanğiç maktab öqituvçisining yillik örtaça iş haqi):

1. Lyuksemburg –101 360 dollar;
2. Germaniya – 80 407 dollar;
3. Kanada – 71 664 dollar;
4. Niderlandiya –71 024 dollar;
5. Avstraliya – 65 658 dollar;
6. Irlandiya – 62 313 dollar;
7. AQŞ – 62 102 dollar;
8. Daniya – 60 185 dollar;
9. Koreya Respublikasi – 59 103 dollar;
10. Avstriya – 55 142 dollar;
11. Yangi Zelandiya – 53 247 dollar;
12. Norvegiya – 51 352 dollar;
13. Ispaniya – 49 898 dollar;
14. Yaponiya – 49 498 dollar;
15. Şvetsiya – 47 664 dollar;
16. Sloveniya – 45 857 dollar;
17. Portugaliya – 44 802 dollar;
18. Finlandiya – 44,180 dollar;
19. Islandiya – 42 024 dollar;
20. Kolumbiya – 39 961 dollar.

Şuningdek, ta’lim tizimidagi ba’zi farqlar sabab Şveytsariya reytingga kiritilmagan bölsa-da, u yerda ham öqituvçilar oyligi juda yuqori bölib, ular yiliga örtaça 94 500 dollar daromad topişadi.

Statistik ma’lumotlarga köra, Rossiya umumta’lim maktablarida işlaydigan öqituvçilarning örtaça iş haqi oyiga 778 dollarni taşkil qiladi