Joriy yilning 11 fevral kuni Qozog‘iston bosh vaziri Alixon Smoilov boshchiligidagi hukumat delegatsiyasi O‘zbekistonga bir kunlik tashrif bilan keladi.

Qayd etilishicha, tashrif dasturida O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov bilan muzokaralar va boshqa qo‘shma tadbirlar o‘tkazish ko‘zda tutilgan.

Ma’lumot uchun, Alixon Smoilov bundan bir oy avval – 11 yanvar kuni Qozog‘iston hukumati rahbari etib tayinlangan edi.

Alixon Smoilov 49 yoshda. Olmaota shahrida tug‘ilgan. U faoliyati davomida Qozog‘iston Statistika agentligi raisi, tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari, moliya vaziri o‘rinbosari, Qozog‘iston prezidentining yordamchisi, moliya vaziri bo‘lib ishlagan.

2019 yil 25 fevralda Qozog‘iston prezidentining farmoni bilan u bosh vazirning birinchi o‘rinbosari – moliya vaziri etib tayinlangan edi. 2021 yil 18 yanvarda Qozog‘iston prezidentining farmoni bilan unga ushbu vazifa qayta yuklandi.