Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQŞ prezidenti Jo Bayden örtasida telefon orqali muloqot bölib ötdi, deb xabar berdi Reuters.

Bayden Putinni Ukrainaga «bostirib kiriş»ni davom ettiriş Moskva uçun jiddiy oqibatlarga va Rossiyaning pozitsiyasi zaiflaşişiga olib kelişi haqida ogohlantirdi, deb ma’lum qildi Oq uy.

Şuningdek, AQŞ prezidenti rossiyalik hamkasbini deeskalatsiya va diplomatiyaga çaqirgan.

Ikki davlat prezidentlarining suhbati qariyb bir soat davom etgan. Kremlning bildirişiça, muloqot ötkaziş haqida Vaşington iltimos qilgan. Reuters manbasining sözlariga köra, Moskva duşanba kuni prezidentlar örtasida suhbat ötkazişni söragan, ammo Vaşington suhbat şanba kuni ötkazilişini taklif qilgan. Rossiya bu taklifga rozi bölgan.

Avvalroq AQŞ davlat kotibi Entoni Blinken va Baydenning milliy xavfsizlik böyiça maslahatçisi Jyeyk Sallivan Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişi istalgan vaqtda boşlanişi mumkinligini aytgandi.