Qaşqadaryo viloyati hokimligi axborot xizmatining xabar berişiça, bugun, 2022 yil 14 fevral kuni viloyat hokimi rahbarligida yiğiliş ötkazilgan.

Yiğilişda faoliyatidagi kamçiliklar, tadbirkorlar va fuqarolar murojaatlariga e’tiborsiz qaragani uçun Muborak tumani hokimi Akrom Aripovga hayfsan berilgan.

Akram Aripov Qaşqadaryo viloyati hokimligi va Qarşi tumani hokimining qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça örinbosari sifatida işlagan davrida bir neça marta internetda muhokamalar markaziga çiqqan mavzular iştirokçisi bölgan (dalaga kirib ketgan qöylar söyilişi voqeasi, «Sultonteks» klasteri bilan sudlaşuv va Qaşqadaryoça nepotizm), 2021 yil yozida Muborak tumaniga hokim etib tayinlangandi.

Avvalroq Mirişkor tumani hokimining örinbosari U.Yaxşiyev 1000 gektar yer maydonini olib berişni va’da qilib, 50 ming dollar olganda uşlangandi. Keyin unga şeriklikda ayblanib, Muborak tumani IIB boşliği ham qölga olingan.