Ma’lum qilinişiça, 2022 yil 7 fevral kuni Qaşqadaryo viloyati hokimligida bir qator dolzarb masalalarga doir yiğiliş ötkazilgan. Yiğilişda viloyatda korrupsiyaga qarşi kuraş böyiça olib borilayotgan işlar hisoboti berilgan.

Viloyat hokimi Mirişkor tumani hokimining mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş masalalari böyiça örinbosari U.Yaxşiyev yer masalalari hokimlikdan ketgan bölsa-da, fuqaroning işonçiga kirib, 80 000 AQŞ dollari sörab, undan 50 000 dollarni olayotganda qölga olinganini ma’lum qilgan.

«Bugundan viloyatda korrupsiyaga qarşi murosasiz kuraş boşlanganini e’lon qilmoqçiman. Endi hamma taşkilotlar işxonamiz şa’ni deb yaşirib ötirişni yiğiştiradi. Taşkilot yoki hokimlik şa’nini emas, davlatimiz şa’ni va rivojlanişini öylasak, yaxşi bölar edi. Mana, Mirişkor tumani hokimining mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş masalalari böyiça örinbosari U.Yaxşiyev yer masalalari hokimlikdan ketgan bölsa-da, fuqaroning işonçiga kirib, 80 000 AQŞ dollaridan 50 000 dollarni olayotganda qölga tuşgan. Bu işda tuman hokimini ham oqlamayman. Ijtimoiy tarmoqlarni öqidingizmi,“baliq boşidan” degan gaplar çiqyapti. Afsuski, bu gaplarda jon bor.

Mirişkorga borganimda nuroniylar yölimga çiqib, tuman markaziga içimlik suv olib keling, degandi. Şu işlar bilan şuğullanmasdan faqat özini öylaydigan, tez boyişni öylaydigan jamoa yiğilganmi hokimlikda?» degan Murod Azimov.

Boş prokuratura matbuot kotibi Hayot Şamsutdinovning xabar berişiça, Mirişkor tumani hokimining mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş masalalari böyiça örinbosari U.Yaxşiyev 50 ming dollar bilan qölga tuşgani holati yuzasidan Jinoyat kodeksining 168- (firibgarlik) va 28, 211- (pora beriş) moddalari bilan jinoyat işi qözğatilgan. Gumonlanuvçi protsessual tartibda uşlangan.

Ma’lumot uçun, Qaşqadaryoda hokim örinbosarlaridan biri pora bilan qölga tuşgani haqida 2022 yil 6 fevral kuni viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bergandi. Kun.uz manbasi uning Mirişkor tumani hokimining örinbosarlaridan biri ekanini ma’lum qilgandi.