Prezident Şavkat Mirziyoyev Samarqandga taşrifi davomida Toşkentda tramvay faoliyati tiklanişi borasida gapirdi.
2016 yil mayida Toşkentda 115 yillik tarixga ega tramvay faoliyati tugatilgandi. Ötgan haftada faollar «tramvayning qaytişi»ni tarixiy yangilik deb baholaşdi.
Toşkent tramvayi qanday bölişi kerak?
Jurnalist Muhrim A’zamxöjayev qayta tiklanadigan tramvay qanday bölişi kerakligi haqidagi fikrlarini bildirib, xorij tajribasidan misollar keltirdi.
«Birinçi suratda — Neva elektr transporti zavodining «Vityaz» tramvayi. Ikkinçi suratda — xuddi şu zavodning «Lev» nomli tramvayi. Uçinçi suratda — Minskda şveysariyaliklar bilan birga yiğiladigan Stadler «Metelitsa» tramvayi. Törtinçi suratda — Istanbuldagi Alstom Citadis'ning ikkitalik sostavi, Fransiya mahsuloti. Beşinçi suratda — Dubaydagi Alstom Citadis tramvayi. Oltinçi suratda — Pragadagi Skoda T15 tramvayi.
Qayta tiklanadigan Toşkent tramvayi ham mana şunday zamonaviy, katta siğimli, metrodan qolişmaydigan bölişi, eng asosiysi, yölovçilarning hozirgi, yangi şakllangan oqimlarini hisobga olib, metro, hatto avtobus uçun ham noqulay (yo qimmatga tuşadigan), ammo aholisi jamoat transportisiz qiynalayotgan va yana 50 yildan keyin ham qiynalişi mumkin bölgan yönalişlarni qamrab olgan holda qurilişi kerak», – deb yozdi jurnalist.






«

















