Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy Baydenning Afg‘onistonga tegishli mablag‘larni terakt qurbonlariga berish qaroriga qarshi chiqdi
Qayd etilishicha, Afg‘onistonning AQSh banklaridagi muzlatib qo‘yilgan 7 mlrd dollar miqdoridagi aktivlarining yarmi terrorchilik hujumlari qurbonlarining oilalariga kompensatsiya sifatida beriladi.
Foto: Reuters
Xitoy hukumati AQSh prezidenti Jo Baydenning Afg‘onistonning muzlatib qo‘yilgan mablag‘larini 2001 yildagi terakt qurbonlariga berish qaroriga qarshilik bildiradi. Bu haqda Xitoy tashqi ishlar vazirligi vakili Van Venbin ma’lum qildi.
"Biz Amerika tomoniga murojaat qilamiz va u xato harakatlarini anglashini so‘raymiz, qisqa muddat ichida Afg‘onistonning Qo‘shma Shtatlardagi mablag‘lari muzlatilishiga olib kelgan sanksiyalarni bekor qilishini talab qilamiz", - deb ta’kidladi u.
Van Venbin muzlatilgan mablag‘lar afg‘on fuqarolariga tegishli ekanini eslatdi.
"Bu pullarni Afg‘onistonga qaytarish kerak. Ular afg‘on xalqi farovonligi uchun ishlatiladigan tarzda", - deya qo‘shimcha qildi u.
Avvalroq AQSh prezidenti Jo Bayden Afg‘onistonning Amerika banklaridagi 7 mlrd dollarlik aktivlarini muzlatish to‘g‘risidagi farmonni imzolagani xabar qilingandi.
Ma’lum qilinishicha, Amerika banklarida saqlanayotgan Afg‘oniston aktivlari Nyu-York federal zaxira bankidagi yagona trast fondiga o‘tkaziladi.
Bu mablag‘larning yarmi sudning tegishli qaroridan so‘ng afg‘on xalqining gumanitar ehtiyojlari uchun sarflanishi ko‘zda tutilgan.
Qolgan 3,5 milliard dollar esa AQShda qoladi va terrorchilik hujumlari, jumladan, 2001 yil 11 sentyabrdagi teraktlar qurbonlarining oilalariga kompensatsiya sifatida beriladi.
Mavzuga oid
18:06 / 10.01.2026
Venesuela va AQSh diplomatik munosabatlarni tiklamoqchi
16:59 / 10.01.2026
Ishinger: Rossiya yevropaliklar bilan emas, AQSh bilan muzokaraga qiziqyapti
14:26 / 10.01.2026
AQSh Rossiyaning “soya floti”ga tegishli beshinchi tankerni qo‘lga oldi
09:04 / 10.01.2026