Oltinning birja narxi sönggi sakkiz oydagi maksimumgaça kötarildi, çunki Rossiya va Ğarb örtasidagi keskinlikning kuçayişi himoya aktivlariga bölgan talabni oşirdi, deb xabar berdi Reuters.
Qayd etilişiça, seşanba kungi savdolarda bir unsiya oltin narxi 0,4 foizga oşib, 1879,5 dollarga yetgan. Bu ötgan yil iyunidan buyon taklif etilgan eng yuqori narx hisoblanadi.
Nyu-Yorkdagi Comex birjasida bir unsiya oltin narxi 1877,25 dollarni taşkil etgan. Savdolar davomida oltin narxi maksimumgaça kötarilib, 1881,6 dollarga teng bölgan.
Oltin narxi Rossiya mudofaa vazirligi maşğulotlarda qatnaşayotgan harbiylar doimiy joylariga qaytişni boşlagani haqida ma’lum qilganidan söng pasaydi. Comex birjasida bir unsiya oltin narxi 1861,5 dollarga teng böldi.
Odatda investorlar oltinga kapitalni geosiyosiy nizolardan himoya qiluvçi vosita deb qaraşadi.












