Baxtiyor Tavakkalov içki işlar vaziriga murojaat qilgani ortidan qamoqqa olingan namanganlik sobiq profilaktika inspektori Sardorbek Otaboyev işini körib çiqayotgan edi.
Manbaga köra, Baxtiyor Tavakkalovning nafaqaga çiqişiga atigi 6 oy muddat qolgan bölgan.
Uning vakolati muddatidan avval tugatilişiga şu sudning sobiq sudya yordamçisi 700 AQŞ dollarini pora tariqasida olayotganda qölga olingani sabab bölgani aytilmoqda.
Kun.uz uşbu masala yuzasidan Sudyalar oliy kengaşi matbuot xizmati rahbari Tursunali Akbarov bilan boğlandi. U Baxtiyor Tavakkalovning faoliyati yuzasidan xizmat tekşiruvi ötkazilganini tasdiqladi.
Qayd etilişiça, yaqin vaqt içida Sudyalar oliy kengaşida xizmat tekşiruvi natijalari körib çiqiladi. Sud raisiga nisbatan qanday çora körilişi Kengaş yiğilişi qaror qabul qilganidan söng ma’lum böladi.
Eslatib ötamiz, avvalroq JIB Namangan şahar sudida işi körilayotgan sudlanuvçining otasiga şu sudda 2021 yil dekabr oyiga qadar sudya yordamçisi lavozimida işlagan şaxs taklif bilan çiqib, iş böyiça “yengillik qilib beriş” evaziga 1 000 dollar söragani, kelişilgan puldan 700 dollarini olayotganda qölga olingani haqida xabar berilgan edi.
Jinoyat işlari böyiça Namangan şahar sudida 13 yanvardan boşlangan sobiq profilaktika inspektori işi sud majlislarida guvohlar va jabrlanuvçilar bergan körsatmalar eşitilib şu kunga qadar sud jarayoni davom etayotgan edi. Sobiq sudya yordamçisining pora bilan qölga tuşişi voqeasi ortidan sud majlisi bir neça marta qoldirilgan.









