Quyida bu borada Kun.uz'ga kelib tuşgan maqola va unga rasmiylar munosabati keltirib ötiladi.
Prezident farmoni bilan, 2021 yil may oyidan boşlab OTMni tugatganda yoki boşqa joyga köçirganda aylanma varaqani töldiriş bekor qilingan.
Talabalar tilida “obxodnoy list” deyiladigan aylanma varaqa orqali talabalar OTMni tugatganda yoki öqişni boşqa joyga köçirganda quyidagi ma’lumotlarni mas’ul xodimlardan tasdiqlatib oliş talab etiladi:
- tölov şartnomasi böyiça majburiyat bajarilgani;
- axborot resurs markazidan qarzi yöqligi;
- öquv bölimidan akademik qarzdor emasligi;
- talabalar turar joyidan qarzdor emasligi kabilar.
Farmonga köra, bu ma’lumotlar OTM tomonidan içki idoralararo elektron hamkorlik yoki özaro axborot almaşinuvi yöli bilan olinişi, öquvçi-talabalardan talab qilinmasligi kerak. Biroq hanuzgaça talabalar şu varaqa deb eşikma-eşik sarson.
Kuni keça Koreya Respublikasida öqib, işlab yurgan yaqin tanişim Özbekistonga mehmonga kelib, şu muammoni kötarib qoldi. Uning aytişiça, Samarqand davlat arxitektura-quriliş institutini bitirayotgan kelinini universitet “obxodnoy list” töldirişga “mahkum qilgan”.
Haqiqatda “mahkumlik” bu. Çunki şu dargohda 4 yil ta’lim olgan, hamma ma’lumotlari şu muassasaning özida bölgan talabani homilador holida sovuqda rosa yugurtirişgan.
Hujjatda naq 11ta bölinmaning tasdiği talab qilinmoqda. Ayrim bölinmalarning tasdiği nima uçun kerakligini tuşuniş qiyin.

Kadrlar bölimi (talaba xodim emas-ku), çoyşabçi, kafedra mudiri, fakultet dekani (mabodo, şaxsiy adovati bölsa, sarson qilib, bir-ikki işini bitirib olişi uçunmi?).
Moliya va iqtisodiyot işlari böyiça prorektor imzosining talab qilinişiga, rosti, yiğlagim keldi. Avvaliga hisobxona qarzdorligi yöqligi haqida tasdiq olasiz (aslida, bir tiyin qarzi bor talabani nafas oldirişmaydi, hatto imtihonlarga ham kiritişmaydi). Keyin prorektor imzo qöyadi. Baraka topkur, hisobxona tasdiqlagandan keyin prorektorni bezovta qilişning nima keragi bor? Ha, birrovga kirib çiqiş zarar qilmas, şu bahonada tanib oliş kerakmikan?! Janob prorektorni esa iş joyida topiş muşkul.











