Qozoğiston sobiq prezidentining tönğiç qizi, parlament majlisi (quyi palata) deputati Dariğa Nazarboyeva seşanba kuni bölib ötgan palata yalpi majlisida yana iştirok etmadi, deb yozadi «RIA Novosti».

Nazarboyeva koronavirusdan keyingi reabilitatsiya tufayli yanvar oyi boşidan beri palata yiğilişlarida qatnaşmayapti.

«U hozirgi vaqtda ta’tilda», — deyiladi palata matbuot xizmati xabarida. 

Avvalroq uning hamkasbi, hukmron «Nur Otan» partiyasidan deputat Aydos Sarim Nazarboyeva iste’foga çiqişi kerakligini aytgan edi. Jurnalistlarning sobiq prezident qizi nega bunday qilişi kerakligi haqidagi savoliga u Qozoğistondagi yanvar voqealari «uning nomi bilan» boğliq ekani, «jamiyatda katta işonçsizlik va norozilik bor, bunga butun dunyo böylab iste’fo orqali erişiladi, şuning uçun reaksiya bildiriş zarurligi» haqida aytgan edi. 

Qozoğistonni qariyb 30 yil boşqargan Nazarboyev 2019 yilning 20 martida prezidentlikdan ketdi, biroq öşanda Xavfsizlik kengaşi rahbari, hukmron «Nur Otan» partiyasi yetakçisi va Qozoğiston Xalq assambleyasi rahbari lavozimlarini saqlab qolgan edi. 

2021 yil aprelida Nazarboyev Qozoğiston Xalq assambleyasi raisi lavozimini tark etişi va bu vakolatlarni respublikaning amaldagi rahbariga ötkaziş haqidagi qarorini e’lon qildi. Nazarboyev 5 yanvar kuni, mamlakatdagi ommaviy tartibsizliklar vaqtida Xavfsizlik kengaşi raisi vakolatlarini Qosim-Jömart Töqayevga topşirdi. 

«Nur Otan» partiyasi esa 28 yanvar kuni bölib ötgan navbatdan taşqari qurultoyida sobiq prezident tomonidan nomzodi taklif etilgan Töqayevni partiya raisi etib sayladi.