Vazirlar Mahkamasining “Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza xizmati taşkiliy tuzilmasini va faoliyatini taşkil etişga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlaş töğrisida”gi qarori qabul qilindi.
Qaror prezidentning “Keksalar va nogironligi bölgan şaxslarni ijtimoiy qöllab-quvvatlaş, “Saxovat” va “Muruvvat” internat uylari tizimini yanada rivojlantiriş töğrisida”gi hamda “2022-2026 yillarga möljallangan Yangi Özbekistonning taraqqiyot strategiyasi töğrisida”gi farmonlari, “Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza xizmati faoliyati hamda bolalarga nogironlikni belgilaş tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori ijrosini ta’minlaş maqsadida qabul qilindi.
Qaror bilan fuqarolarni tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarida körikdan ötkaziş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi.
Fuqarolarni körikdan ötkaziş ularni tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarga (TIEK) körikka yuboriş orqali amalga oşiriladi (088/u-sonli şakl). Körikka, şuningdek, statsionardan berilgan kasallik tarixini, ambulator kartadan köçirmalarni va bemorni körikka yuboriş uçun asos bölgan boşqa hujjatlarni örganiş ham kiradi.
Tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari majlisida körik töliq tarkibda va hujjatlar qabul qilib olingan kundan boşlab 10 kun içida ötkaziladi. Nogironlik belgilangan taqdirda, hujjatlar TIEK tomonidan qabul qilib olingan sana nogironlikning boşlanişi hisoblanadi.












