Avtotransport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishlar soni keskin ko‘paydi
Ekspertlar avtomobillarni ro‘yxatdan o‘tkazishlar sonining keskin darajada o‘sishini 2022 yil 1 yanvardan avtotransport vositalarini sotib olganlik uchun yig‘im to‘liq bekor qilinishi bilan izohlashmoqda.

Foto: UzAuto Motors
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tahlillariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar oyida 113,2 ming dona avtotransport vositasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning yanvariga nisbatan 26,4 foizga, 2020 yilning yanvar oyiga nisbatan esa 38,4 foizga ko‘p.
Ekspertlar avtomobillarni ro‘yxatdan o‘tkazishlar sonining keskin darajada o‘sishini 2022 yil 1 yanvardan avtotransport vositalarini sotib olganlik uchun yig‘im to‘liq bekor qilinishi hamda oldi-sotdi shartnomasini notarial rasmiylashtirish uchun undiriladigan davlat boji BHMning 3 barobari miqdorida belgilanishi bilan izohlagan.
Yanvar oyida birlamchi bozordan sotib olingan avtomobillar soni 27,9 mingtani, ikkilamchi bozordan xarid qilingan avtomobillar soni esa 85,3 mingtani tashkil qilgan.
Yangi avtotransport vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazishlar soni Samarqand (95,6 foiz), Surxondaryo (89,4 foiz), Navoiy (75,4 foiz) va Farg‘ona (60,5 foiz) viloyatlarida sezilarli darajada oshgan bo‘lsa, Toshkent shahri (44,7 foiz) va Toshkent viloyatida (0,9 foiz) kamayish kuzatilgan.
Shuningdek, chet elda ishlab chiqarilgan avtomobillar oldi-sotdi shartnomalari soni 1,9 mingtani tashkil etib, 2021 yil dekabr oyiga nisbatan 41 foizga kamaygan.
Ikkilamchi bozordan sotib olingan avtotransport vositalarining eng ko‘p rasmiylashtiruvlari Toshkent shahri (13,6 ming), Samarqand (9,7 ming), Farg‘ona (9 ming), Namangan (8,1 ming) va Andijon (7,2 ming) viloyatlarida qayd etilgan.
Eslatib o‘tamiz, UzAuto Motors 2021 yil 20 dekabridan 2022 yil 1 fevralgacha bo‘lgan muddatda Cobalt, Spark, Nexia va Lacetti avtomobillarini sotish bo‘yicha yangi arizalar qabul qilishni to‘xtatgandi. Ammo bu jarayon haligacha qayta tiklangani yo‘q. Bu esa birlamchi bozorda shartnomalar sonining keskin kamayib ketishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Tavsiya etamiz
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30
«Quvur operatsiyasi»: ruslar uni «urushdagi burilish nuqtasi» deyishmoqda
Jahon | 23:40 / 11.03.2025
Amaldorlar “mahalliy” xizmat avtomobillariga o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston | 16:34 / 11.03.2025
Firibgarlar o‘g‘irlagan pullarni qaytarib bo‘lmaydimi?
O‘zbekiston | 15:27 / 11.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonning Bosh konsulxonasi AQShdagi o‘zbekistonliklarni ogohlantirdi
O‘zbekiston | 17:39
-
Rossiya koloniyalaridagi xorijliklarning 70 foizi Markaziy Osiyo davlatlari fuqarolari
Jahon | 17:31
-
Rossiyada qiyin ahvolga tushib qolgan oila O‘zbekistonga qaytarildi
Jamiyat | 17:20
-
Polsha prezidenti yana bir bor AQShni yadroviy qurollarini o‘z mamlakati hududiga joylashtirishga chaqirdi
Jahon | 17:19
Mavzuga oid

12:42 / 18.03.2022
Avtomobillarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish keskin oshdi. Bunga sabab nimada?

09:03 / 22.10.2018
Avtotransportdan foydalanishda yaqin qarindoshlar uchun ishonchnoma olish tizimini bekor qilish taklif etildi

10:03 / 17.09.2018
Nazorat organlari rahbarlariga yana bir vakolat beriladi

08:22 / 27.08.2018