Toşkent şahri hokimligi Alişer Navoiy şohköçasi rekonstruksiyasi böyiça jurnalistlar bilan uçraşuv taşkil qildi. Unda şahar hokimining quriliş böyiça birinçi örinbosari Baxtiyor Rahmonov va boşqa mas’ullar iştirok etdi.

Rekonstruksiya loyihasi avvaldan e’lon qilinmadi, nega?

Kuni keça şahar hokimligi poytaxt markazidagi şohköçani ta’mirlaşni dabdurustdan boşlab yuborgan, bu haqda avvaldan heç qanday ma’lumot berilmagan edi. Matbuot anjumanida ham hokimlik vakillari bu xato bölganini tan olgani yöq.

Baxtiyor Rahmonov loyiha jamoatçilik iştirokida muhokama qilinmaganiga izoh berarkan, agar şunday qilinsa, muhokama bir neça oylab çözilib ketgan bölardi, deya javob berdi.

Jamoat transporti uçun alohida bölak böladimi?

15 fevral kuni hokimlik e’lon qilgan videoda faqat jamoat transporti uçun möljallangan alohida harakatlaniş bölagi yöq edi. Bugungi muloqotda bu texnik xato bölgani aytildi.

Ma’lum qilinişiça, Navoiy köçasi böylab har ikki tomondan yölning eng çetki öng bölagi faqat jamoat transporti uçun möljallangan böladi.

Rekonstruksiyada yölning gabaritlari kengaytirilmasligi aytildi. Yöl çetida avtomobillar töxtab turişi uçun joy qoldirilmaydi.

Şuningdek, Navoiy va Paxtakor köçalari kesişmasi hozirgidek T şaklidagi çorraha bölib qoladigan böldi. Loyihada Mustaqillik maydoni tarafdan kelib Paxtakor köçasiga burilişni yopiş, nariroqda qayrilib oliş uçun joy qiliş közda tutilgandi.

Tramvay-çi?

Prezident Şavkat Mirziyoyev Toşkentga tramvay qaytarilişini e’lon qilgandi. Navoiy köçasi loyihasida esa tramvay inobatga olinmagan. Tramvay liniyalari hali aniq bölmay turib, rekonstruksiya boşlaş qançalik töğri?

Baxtiyor Rahmonov bu savolga javobni qisqa qildi: “Navoiy köçasida tramvay bölmaydi”. Jurnalistlarda aniqlaştiruvçi savol beriş imkoni bölmadi. Faqatgina şahar transport boşqarmasi boşliği, “Toşşahartransxizmat” rahbari Anvar Jörayev tramvay böyiça alohida dastur qabul qilinişini aytdi xolos.