14 fevral kuni poytaxtning Alişer Navoiy şohköçasida ta’mirlaş işlari boşlandi. Ta’mirlaş haqida avvalroq ma’lumot berilmagani sabab, odamlar avvaliga nima bölayotganini tuşuna olmadi. Keyinroq ma’lum bölişiça, şahar hokimligi Navoiy köçasini boşidan oxirigaça butkul rekonstruksiya qilişni boşlab yuborgan.

Jamoatçilik muhokamasidan ötkazilmagan rekonstruksiya loyihasi e’tirozlarga sabab böldi. Çunki loyihada ilmiy xulosalar va prezident topşiriqlariga zid ravişda ustuvorlik piyodalarga emas, yana avtomobillarga berilgan.

Avvalroq poytaxtga tramvaylar qaytişi e’lon qilingani inobatga olinsa, u qaysi köçalardan ötişini aniq belgilamay turib rekonstruksiya boşlaş yana behuda pul sarflaşga sabab bölişi mumkin.

Yölni kim qurmoqda?

Toşkent şahar hokimligi matbuot xizmati Kun.uz söroviga javoban Navoiy köçasini rekonstruksiya qiliş qaysi kompaniyaga topşirilgani hamda loyihaga qança mablağ yönaltirilgani haqida ayni damda matbuot xizmatida ma’lumot yöqligini ma’lum qildi.

Kun.uz manbasining sözlariga köra, yöllarni qayta rekonstruksiya qiliş işlari Toşkent şahar hokimligi qoşidagi «Yagona buyurtmaçi xizmati» IK buyurtmasiga muvofiq Grand Road Tashkent MÇJga topşirilgan.

Yuridik şaxslar reyestriga köra, mazkur kompaniya yöllar va şosselar quriş bilan şuğullanadi. Grand Road Taşkent'ning 62,1 foiz uluşi Grandway in kompaniyasiga tegişli (Grandway İnşaat Yatırım Anonim Şirketi – turk kompaniyasi). Korxonaning 37,9 foiz uluşiga esa Toşkent şahar hokimligi munitsipial markazi aktivlarni boşqariş markazi egalik qiladi.

«Toşkentdagi köplab yöllar ta’mirini asosan şu kompaniya amalga oşirgan. Buyurtmaçi esa şahar hokimligining yagona injiniring kompaniyasi», – deydi manba.

2018 yilda taşkil etilgan kompaniya co‘nggi bir yil içida Toşkentdagi köplab yöllar qurilişi va rekonstruksiya işlarini amalga oşirgan. Xususan, Sergeli tumanida Qumariq köçasi rekonstruksiyasi