Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
100 mingdan ortiq aholidan kommunal to‘lovlari uchun ortiqcha undirilgan 8 mlrd so‘m qaytarildi

Foto: Shutterstock
O‘zbekistonda 100 mingdan ziyod aholidan ortiqcha olingan 8 mlrd so‘mlik kommunal to‘lovlar qayta hisob qilindi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mita raisi o‘rinbosari Bekzod Ummatov ma’lum qildi.
Bildirilishicha, tabiiy monopoliya sub’yektlarining shartnomalari to‘liq xatlovdan o‘tkazildi va raqobat hamda iste’molchilar huquqlari himoya qilinishi bo‘yicha to‘liq muvofiqlashtirildi. Ommaviy shartnomalar Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi bilan kelishilishi tizimi yo‘lga qo‘yildi.
“100 mingdan ortiq aholidan ortiqcha olingan 8 mlrd so‘mlik kommunal to‘lovlar aholi foydasiga qayta hisob qilindi.
Xususan, mingdan ortiq oilaviy korxonalarga tariflarni oshirib qo‘llash natijasida 1,5 mlrd so‘m qaytarildi, mazkur mablag‘larni o‘z tadbirkorligini rivojlantirishga yo‘naltirish imkoni yaratildi”, deydi Bekzod Ummatov.
Qayd etilishicha, birgina Toshkent shahrida joylashgan ko‘p qavatli uy qurilishi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkordan asossiz ravishda elektr energiyasi uchun undirilgan 1,7 mlrd so‘m tadbirkorga qaytarilgan.
Temiryo‘l xizmatlarini ko‘rsatishda imtiyozlarni qo‘llamaslik hamda qo‘shimcha xizmatlarni tiqishtirish holatlari bartaraf etilishi natijasida 300 mln so‘m mablag‘ tadbirkorlar foydasiga hal qilingan.
Avvalroq, O‘zbekistonda mahalliy hokimliklar tomonidan qabul qilingan 976 ta hamda davlat organlarining 374 ta hujjatlari raqobatga zid ekani aniqlangani xabar qilingandi.
Tavsiya etamiz
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda Kichik halqa avtoyo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi
Jamiyat | 23:57 / 17.07.2025
-
Zelenskiy Tramp bilan «mega kelishuv»ni muhokama qilayotganini aytdi
Jahon | 23:47 / 17.07.2025
-
Toshkentda daraxtlarni kesishga cheklov bekor qilinishi kerak - tadbirkor Murod Nazarov
O‘zbekiston | 22:53 / 17.07.2025
-
Eron prezidenti avtomobili o‘chib qolganidan keyin taksi chaqirishga majbur bo‘ldi
Jahon | 22:51 / 17.07.2025
Mavzuga oid

17:54 / 20.05.2025
Utilizatsiya yig‘imi: bizda 3500 dollar, boshqalarda-chi?

20:40 / 12.05.2025
O‘zbekistonga avtomobil importi 3 barobarga quladi

14:14 / 01.05.2025
Elektromobillar uchun utilizatsiya yig‘imi 4 barobarga oshdi

10:07 / 03.03.2025