Elyorbek Tölqinoviç Usmonov Andijon viloyati Paxtaobod tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.

E.Usmonov 1986 yilda Andijon viloyatining Marhamat tumanida tuğilgan. 2007 yilda Toşkent moliya institutini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2007 yilda Özbekiston Respublikasi Markaziy banki pul muomalasi departamenti pul muomalasini tahlil qiliş va taxminlaş boşqarmasi yetakçi iqtisodçisi vazifasidan boşlagan.

U 2008 yildan Markaziy bank pul muomalasi departamenti pul muomalasini tahlil qiliş va taxminlaş boşqarmasi boş iqtisodçisi, Markaziy bank pul muomalasi departamenti pul muomalasini taşkil etiş va tartibga soliş boşqarmasi boş iqtisodçisi, hisob-kitoblar monitoringi boşqarmasi boşliği örinbosari, Markaziy bank Andijon viloyati boş boşqarmasi boşliğining birinçi örinbosari lavozimlarida işlagan.

Elyorbek Usmonov tayinlovga qadar Markaziy bank Andijon viloyati boş boşqarmasi boşliği vazifasida işlab kelgan. U 2018 yil yozidan buyon Paxtaobod tumaniga rahbarlik qilib kelgan Mahmudjon Bozorovni almaştirdi.

Bundan oldinroq Andijon viloyati hokimi örinbosari Ötkirbek Şukurov Andijon viloyati Xöjaobod tumani hokimi lavozimiga tayinlangani xabar qilingandi.