Polşa Rossiya bilan çegarada devor qurişni rejalaştirmoqda. Bu haqda Polşa milliy mudofaa vaziri örinbosari Voysex Skurkeviçning bayonotiga asoslanib, PAP axborot agentligi xabar berdi.
«Biz hali Polşa—Rossiya çegarasida devor qurmayapmiz, biz endigina bu haqda e’lon qildik», — dedi Skurkeviç jurnalistlarning savollariga javob berarkan. U devor quriş rejalari Polşa Çegara qöriqlaş xizmatini rivojlantiriş konsepsiyasiga kiritilganini qöşimça qilgan.
Polşa Rossiyaning Kaliningrad oblasti bilan çegaradoş hisoblanadi. Çegaraning quruqlikdagi qismi uzunligi 203,3 kilometrni taşkil etadi.
Kaliningrad oblasti hukumati matbuot xizmati rahbari Dmitriy Lyskov RIA Novosti muxbiriga bergan intervyusida Rossiya-Polşa çegarasida Rossiya tomonda avvaldan panjarali tösiq borligini qayd etgan. «Polşa tomonida esa yöq, Polşa uni endi qurişni rejalaştirmoqda. Gap devor haqida emas, aynan panjarali tösiq haqida ketmoqda», degan Liskov.
- 2022 yil yanvarida Polşa Belarus bilan çegarada devor qura boşlagandi. Uning uzunligi 186 kilometr, balandligi — beş metrdan ortiq. Umumiy qiymati 644 million zlotiyga (162 million dollar) baholangan quriliş işlari iyun oyida tugallanişi közda tutilgan.
- Polşa migratsiya inqirozi tufayli Belarus bilan çegarada devor qurişga majbur bölgan. Xuddi şu sabab bilan Litva ham tösiqlar örnatişga qaror qilgan.












