Prezident “Toşkent şahar jamoat transport tizimini yanada rivojlantirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarorni imzoladi.

«Toşkent şahri markaziy köçalarida tirbandlikni, avtotransport oqimini kamaytiriş, jamoat transporti harakatining örtaça tezligini oşiriş, avtomobillarning yöllar böylab tartibsiz töxtab turişini tartibga soliş, aholining jamoat transportidan foydalanişini rağbatlantiriş maqsadida yöl çetida avtomaşinalarning pulli töxtaş joylari tizimi joriy etiladi», deyiladi hujjat matnida. 

2022 yilda 10 ta markaziy köçalarda davlat-xususiy şeriklik asosida avtomobillarning avtomatlaştirilgan yölböyi pulli töxtaş joylari taşkil etiladi. Röyxatga Fidokor, Amir Temur, Nukus, Bratislava, Mirobod, Glinka, Avliyoota, T.Şevçenko, Said Baraka, Moştabib, Yakub Kolas köçalari kiritilgan.

Avtoturargohlarni yaratiş böyiça barça işlar yil oxirigaça yakunlanişi kerak. Vazirlar Mahkamasiga yöl çetidagi avtomatlaştirilgan pulli avtoturargohlarni taşkil etiş va ulardan foydalaniş tartibi töğrisida qaror qabul qiliş topşirildi. 

Toşkent şahrining magistral köçalari - Keles yöli, Ahmad Doniş, Boğişamol, Buyuk ipak yöli, Maxtumquli, Farğona yöli, Lutfiy, Beşqayrağoç, Kökça darvoza va Beruniy köçalaridagi 11 ta avtobus yönalişida alohida yölaklar taşkil etiladi. Joriy yil Ahmad Doniş köçasida alohida yölak işga tuşiriladi.