Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentdagi barcha chorrahalarga kamera va fotoradarlar o‘rnatiladi
Prezident “Toshkent shahar jamoat transport tizimini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
Toshkent shahar jamoat transporti tizimini 2025 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ga ko‘ra, Toshkent shahrida mavjud barcha chorrahalarni yo‘l harakatini boshqarishning avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimiga integratsiya qilish rejalashtirilmoqda.
Bunda, quyidagi amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqiladi:
- tegishli mutaxassislarni jalb qilgan holda chorrahalarni o‘rganib chiqish;
- mavjud 605 ta chorrahaning barchasiga zamonaviy maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qurilmalarini o‘rnatish;
- 494 ta chorrahaga o‘rnatilgan barcha maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qurilmalarini yo‘l harakatini boshqarishning avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimiga integratsiya qilish.
Shuningdek, yo‘l harakatini tashkil etishning texnik vositalarini yangilash va ko‘chalarda yo‘l harakatini tashkil etish mo‘ljallangan.
Bunda quyidagi amaliy chora-tadbirlar amalga oshiriladi:
- yo‘l harakatini tashkil etishning mavjud texnik vositalarini to‘liq xatlovdan o‘tkazish;
- birinchi navbatda yetishmaydigan 14 mingta yo‘l belgisini o‘rnatish va eskirgan 15 mingtasini almashtirish, 3 mingta yo‘l belgisini tiklash, 11 mingta yangi yo‘l belgilarini o‘rnatish;
- shaharning barcha ko‘chalariga yo‘l chiziqlarini chizish;
- 55 ta yangi svetofor qurilmalarini qurish.
Mavzuga oid
15:47 / 25.06.2026
Toshkentda tug‘uruqqa sog‘lom kirgan 21 yoshli ayol ikki oydan buyon og‘ir ahvolda
12:29 / 25.06.2026
Toshkentda yong‘inga qarshi alohida rejim: nimalar qilinadi?
10:25 / 18.06.2026
Toshkentning yangi xalqaro aeroportini qurish bo‘yicha DXSh bitimi imzolandi
11:35 / 17.06.2026