Prezident matbuot xizmatiga köra, yöl böyida taşkil etiladigan bunday majmualar dunyo tajribasida bor. Unda keça-yu kunduz işlaydigan savdo, ovqatlaniş va maişiy xizmat şoxobçalari böladi. Ularni arzon va tez quriş maqsadida yuk konteynerlaridan foydalanilmoqda.
Buning uçun 7 gektar yer ajratilişi rejalaştirilgan. Obektlar tadbirkorlarga elektron-onlayn auksion orqali sotiladi. Ularda 500 dan ortiq iş örni yaratilişi möljallangan.

Prezident Toşkent şahrida harakatlanayotgan elektrobusni ham közdan keçirdi. “Yaşil” transport tizimini rivojlantiriş, metropolitenning keyingi bosqiçlari va tramvay yönalişini belgilaş böyiça körsatmalar berdi.
Avvalroq, Şavkat Mirziyoyev metro qurilişi Mustaqillik bayramigaça yakunlanişi mumkinligini ma’lum qilgandi.












