Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya prezidenti Vladimir Putinga uçraşişni taklif qildi. U bu taklifni Myunxendagi xavfsizlik böyiça konferensiyada bildirdi.
"Men Rossiya prezidenti nima xohlayotganini bilmayman, şuning uçun uçraşişni taklif qilaman", – dedi Zelenskiy.
U şuningdek, Ukraina uruşni tugatiş uçun istalgan şaklda va istalgan joyda muzokara ötkazişga tayyorligini aytdi.
"Parij, Berlin, Minsk, Istanbul, Jyeneva, Bryussel, Nyu-York yoki Pekin – menga Ukrainada tinçlik örnatiş böyiça dunyoning qaysi nuqtasida kelişişning farqi yöq. Törtta, yettita yoki yuzta mamlakat iştirok etişi ham ahamiyatsiz – asosiysi, ular orasida Ukraina va Rossiya bölişi kerak", – dedi Ukraina rahbari.
Uning sözlariga köra, tinçlik nafaqat Ukraina, balki butun dunyoga kerak.
"Heç kim Ukrainani Ğarb va Rossiya örtasidagi qulay va "abadiy" bufer deb öylamaydi degan umiddaman. Bu heç qaçon bölmaydi, bunga heç kim yöl qöymaydi", – dedi Zelenskiy.
Avvalroq Ukraina prezidenti jurnalistlar bilan suhbat davomida Vladimir Putin bilan “istalgan şaklda” uçraşişga tayyorligini aytgandi.













