Ichki ishlar vaziri haydovchilar uchun jarima ballari tizimi qanday ishlashini ma’lum qildi
Haydovchilarga yo‘l harakati qoidabuzarligi uchun jarima ballarini hisoblash tizimi joriy etiladi. Bu haqda ichki ishlar vaziri, general-leytenant Po‘lat Bobojonov O‘zA’ga ma’lum qildi.

Foto: IIV axborot xizmati
Uning so‘zlariga ko‘ra, yo‘l harakati xavfsizligi bilan bog‘liq qonunchilik takomillashtiriladi. Transport vositasini qasddan tartibsiz boshqarish, o‘zboshimchalik bilan harakat qatnashchilarini to‘xtashga majbur qilish orqali xavfni yuzaga keltirganlik (“yo‘l bezoriligi”) uchun javobgarlik belgilanadi.
“O‘qitmasdan va o‘rgatmasdan haydovchilik guvohnomasini berganlik uchun ham jazo choralari ko‘zda tutiladi.
Sir emaski, keyingi paytlarda yo‘l-patrul xizmati xodimlarining xizmat faoliyatiga noqonuniy aralashish, to‘sqinlik qilish, hatto qarshilik ko‘rsatish holatlari kuzatilayotgan edi.
Endi bunday holatlarning oldini olish choralari ko‘riladi. Soha vakillarining shaxsiy himoya va faol mudofaa vositalaridan foydalanishi borasidagi huquqlari kengaytiriladi”, dedi u.
Qayd etilishicha, haydovchilarga yo‘l harakati qoidabuzarligi uchun jarima ballarini hisoblash tizimi joriy etiladi.
“Agar haydovchi tomonidan 12 oy davomida sodir etilgan qoidabuzarliklar uchun hisoblangan jarima ballarining umumiy miqdori 12 balldan oshsa, u transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilinadi. Qoidabuzarlik sodir etmagan haydovchilarga esa bonus ballari hisoblab boriladi”, deydi Po‘lat Bobojonov.
Shuningdek, yo‘l harakati qoidalarining yangi tahriri ishlab chiqilishi ma’lum qilindi. Unda, jumladan, Toshkent shahri va yirik shaharlardagi markaziy ko‘chalarda transport vositalari harakatlanishining tezlik cheklovlari qayta ko‘rib chiqiladi.
“Avtomobil yo‘llarida transport harakatini tashkil etish, boshqarish va nazorat qilish faoliyati raqamlashtiriladi. Zamonaviy o‘quv xonalari, nazariy va amaliy o‘quv inventarlari hamda to‘laqonli o‘quv-mashq bazasiga ega bo‘lgan avtomaktab va imtihon markazlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Viloyat markazlaridagi, keyinchalik boshqa shahar (tuman) markazlaridagi serqatnov chorrahalar raqamli boshqaruvga o‘tkaziladi.
Soha xodimlarining faoliyatiga sun’iy intellektga asoslangan «inson omili» ta’sirini cheklovchi raqamli texnologiyalarning joriy etilishi xodimlar tomonidan fuqarolar bilan manfaatli muloqotga kirishish holatlariga barham beradi”, deyiladi ma’lumotda.
Avvalroq, O‘zbekistonda qoidabuzar haydovchilar uchun jarima ballari tizimi joriy etilishi xabar berilgandi.
Tavsiya etamiz
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonlik agronomlar Italiya ilmiy markazlarida amaliyot o‘taydi
O‘zbekiston | 09:48
-
Ekzitpol: Polsha saylovlarida konservator Navrotskiy yetakchilik qilmoqda
Jahon | 09:30
-
O‘zbekistonda 2030 yilgacha yashillik darajasi 30 foizga yetkaziladi
O‘zbekiston | 09:10
-
Zelenskiy Rossiya aerodromlariga hujumda qatnashganlarga minnatdorchilik bildirdi
Jahon | 08:51
Mavzuga oid

00:59 / 14.05.2025
Imtihonga kech qolgan talaba aviakompaniyani sudga berib, unda yutib chiqdi

19:33 / 02.05.2025
TikTok Yevropada 530 mln yevro jarimaga tortildi

17:25 / 02.04.2025
Avtobusda yo‘l haqini to‘lamaganlarga reyd boshlandi, 56 kishi jarimaga tortildi

14:56 / 01.04.2025