Toşkent hayvonot boğida ayiq qafasiga taşlab yuborilgan qizaloq 21 fevral kuni respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazidan uyiga qaytarildi. Bu haqda Soğliqni saqlaş vazirligi xabar qildi.

Qayd etilişiça, barça tibbiy köriklar ijobiy natija körsatgani va bolaning ruhiy holati me’yorida ekani inobatga olinib, unga yaqinlari hamrohligida uyiga ruxsat berilgan. Qizaloq hozirça buvisining qaramoğida böladi.

Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan jajji bemor Z.A.ning 18 yoşga tölguniga qadar salomatligini doimiy nazorat qiliş uçun Bolalar milliy tibbiyot markazi va uning direktori, tibbiyot fanlari doktori Alişer Şaripov şaxsan mas’ul etib belgilangan.

Eslatib ötamiz, 28 yanvar kuni Toşkent hayvonot boğida yoş ayol noma’lum sabablarga köra odamlarning köz oldida öz qizini ayiq qafasiga taşlab yuborgan. Ayiq qizaloqqa zarar yetkazmagan. Hayvonot boği xodimlari ayiqni içki xonaga olib kirişga muvaffaq bölişgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 97-moddasi 2-qismi “v” bandi (Qasddan odam öldirişga suiqasd qiliş) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Qizaloqning onasi qölga olingan. Jinoyat işi yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda.