Pushilin va Pasechnikning murojaati «Rossiya 24» kanali orqali efirga berildi. Ular o‘z so‘roviga sabab sifatida «tinch aholi orasida qurbonlar bo‘lishining oldini olish zarurati»ni keltirgan.

DXR va LXR rahbarlari Putindan respublikalar bilan do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risida kelishuvlar ham imzolashni so‘ragan.

  • RF Davlat dumasi 15 fevral kuni Putinga DXR va LXRni tan olishni so‘rab, rasman murojaat qilgandi. Prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov keyinroq prezident deputatlarning murojaati haqida xabardor ekani, «murojaat ma’lumot uchun qabul qilingani»ni aytgandi. Shu bilan birga Peskov bu respublikalarni tan olish Minsk kelishuvlarini buzish hisoblanishi, bu kelishuvlarning amalga oshishi ayni vaqtda Putin uchun ustuvor vazifa ekanini aytgandi.