“Möynoqning 12 ta mahallasiga Toşkent viloyati 12 ta tumani hokimlari va 40 nafar yetakçi tadbirkorlarimiz yetib kelib, 3 kun şu yerda işladi. Tuman bilan tanişganimizda - jami budjet daromadi 16,6 mlrd, xarajati esa 92 mlrd. Ya’ni tuman dotatsiyada. 

Toşkent viloyatidan keça 5 mlrd ötkazib berdik. Bu mablağning bir qismiga 4 ta hammom quramiz. Tumandagi 236 kişi çetdan qaytib keldi, 293 kişi çetda. Maktabgaça ta’lim körsatkiçi yaxşi – 91 foiz, faqat ikkita mahallada boğça yöq, buni özimiz qurib beramiz. 

Möynoqda Toşkent istirohat boğini barpo qilamiz, 5 mingta köçatimiz tez orada yetib keladi. 18 km suv quvurini bir tadbirkorimiz zimmasiga oldi. Umuman, Möynoqqa Toşkent viloyatidan 32 mlrd söm mablağ ajratiladi.

Tibbiyot bilan tanişganimizda 37 foiz vraç vakant, bu 46 foiz, ya’ni yarmi böş ekan. Har oy 20 nafar keksalarni Toşkent viloyatiga olib borib, sanatoriyda davolatamiz. 100 nafar öquvçilarni oromgohlarimizga olib ketamiz. 24 nafar bemorni viloyatimizga olib ketib, operatsiya qildiramiz”, – deya Zoyir Mirzayev sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Prezident bunga javoban şunday dedi: “Tibbiyot masalasi eng muhim. Bu borada alohida taklif beringlar, qaror tayyorlaymiz. Şifokorlar boşqa hududdan Qoraqalpoğistonga kelib işlasa 100 foiz, Möynoqqa kelib işlasa ikki hissa ustama beramiz. Uy qilib beramiz. Çunki soğlikka e’tibor bermasak, soğlom zurriyotga ega bölmaymiz”.