Prezident “Özbekiston fuqarolarining muddatli harbiy xizmatga navbatdagi çaqiruvi hamda belgilangan xizmat muddatini ötab bölgan muddatli harbiy xizmatçilarni Qurolli kuçlar rezerviga böşatiş töğrisida”gi qarorni imzoladi.
Çaqiriliş muddatini keçiktiriş va çaqirilişdan ozod etiliş huquqiga ega bölmagan Özbekistonning çaqiruv yoşidagi fuqarolari 2022 yilning mart-aprel oylarida muddatli harbiy xizmatga çaqiriladi.
Harbiy xizmatga yaroqli, şu jumladan, çeklovlar bilan yaroqli bölgan hamda çaqiriliş muddatini keçiktiriş va çaqirilişdan ozod etiliş huquqiga ega bölmagan, biroq uşbu çaqiruv davrida Qurolli Kuçlar safiga çaqirilmaydigan fuqarolar safarbarlik çaqiruvi rezervi xizmatiga olinadi.
Muddatli harbiy xizmatning belgilangan muddatini ötab bölgan harbiy xizmatçilar 2022 yilning mart-aprel oylarida Özbekiston Qurolli Kuçlari rezerviga böşatiladi.
Qaror ijrosini nazorat qiliş Özbekiston boş vaziri Abdulla Aripov va prezident huzuridagi Xavfsizlik kengaşi kotibi Viktor Mahmudov zimmasiga yuklandi.












