Toşkent şahrida “Spark” avtomobili iştirokida yöl-transport hodisasi sodir böldi. Bu haqda poytaxt IIBB xabar qilmoqda.

2022 yil 21 fevral kuni soat 18:17 da 102 tizimidan tuşgan xabarga köra, şu kuni soat taxminan 16:00 larda Mirzo Uluğbek tumani Geofizika köçasida haydovçi – 1990 yilda tuğilgan Q.A. “Spark” rusumli transport vositasini boşqarib ketayotib, “Alişerobod” MFY qarşisida rul boşqaruvini yöqotgan va uy devoriga urilgan.

Töqnaşuv natijasida haydovçi Q.A. “çap boldir ikkala suyaklari örta uçligidan yopiq sinib maydalanib siljigani, öng qöl 5-kaft sohasida kesilgan jarohati borligi, tanasida köplab şilingan jarohatlar borligi” taşxisi bilan şifoxonaga murojaat qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Toşkent şahar IIBB YHXB tomonidan suriştiruv harakatlari ötkazilmoqda.