23 fevral kuni tunda Xiva şahridagi «Deşon qal’a» devori madaniy meros obektining Qumyasqa mahallasi hududidan ötgan 8 metr qismi qulab tuşgan. Oqibatda, devorga tutaş bölgan xonadonda yaşovçi ayol jarohat olib, şifoxonaga yotqizilgan. Hozirda uning ahvoli qoniqarli. 

Devorning qulab tuşişiga eskiriş va tabiiy jarayonlar, qor-yomğir ta’sirida nuraş sabab bölgani aytilmoqda.

Foto: UzA

«Deşon qal’a» devori 1842 yilda Xiva xoni Olloqulixon buyruği bilan taşqi himoya vositasi sifatida barpo qilingan. Uning uzunligi 6614 metr bölib, 10 ta darvozasi bölgan. 

Devorning bir qismi 1873 yili general fon Kaufman boşçiligidagi rus harbiy qöşinlari tomonidan öqqa tutilib, vayron etilgan. Şörolar davrida qal’a devoridan ğişt işlab çiqariş uçun xomaşyo sifatida foydalanilgan. 

Foto: UzA

2019 yilda «Deşon qal’a» devori madaniy meros obekti Vazirlar Mahkamasi qaroriga asosan «Moddiy-madaniy merosning köçmas mulk obektlari» milliy röyxatiga kiritilgan.

Hozirgi kunda qal’aning taxminan 1,5 km qismi turli darajada saqlanib qolgan. Ularni konservatsiya qiliş maqsadida yoğoç ustunlar bilan vaqtinça mustahkamlaş va asrab qoliş çoralari körilmoqda.