«Tuman hokimligida bölib ötgan yiğilişda tuman hokimi fermerlarning 2022 yil paxta hosili uçun tumanda faoliyat körsatayotgan klaster bilan şartnoma tuzib işlaşning afzalliklari, buning tuman iqtisodiyotini rivojlantirişga qöşadigan katta hissasi töğrisida tuşuntirişlar bergan. Şuningdek, hozirgi kunda tumanda paxtaçilik bilan şuğullanadigan kooperatsiyaning yöqligi hamda uni yangidan taşkil qiliş uçun ança vaqt va katta sarmoya talab etilişini hisobga olib, hozirgi kunda klaster bilan şartnoma tuzib işlaş maqsadga muvofiq ekanligini bildirgan. Şuning uçun ham hozirgi vaqtda klaster bilan işlaş har tomonlama manfaatli ekanligi böyiça öz tavsiyalarini bergan.
Yiğiliş davomida tuman hokimi tomonidan fermerlar şartnoma tuzişga majburlanmagan, ularning şa’niga tegadigan biror-bir söz işlatilmagan.
Bu masalani barça tomonlarning manfaatlarini közlagan holda ijobiy hal etiş çoralari körilmoqda», deyiladi munosabatda.
Gurlan tumani hokimi kooperativlarga uyuşmoqçi bölgan fermerlarga “statyalar” bilan tahdid qildi












