Siyosiy tahlilçi Kamoliddin Rabbimov Rossiya nazoratidagi ommaviy axborot vositalarining Özbekiston jamiyatida haddan taşqari katta öringa ega ekanidan xavotir bildirdi. U Ukrainadagi vaziyat yuzasidan Kun.uz'ga bergan intervyusida Kreml bir kun kelib özbek mediamakonida katta ta’sirga ega ekanidan öz maqsadlari yölida foydalanişi mumkinligidan ogohlantirdi.
“Internetdagi izohlarga qaraydigan bölsangiz, juda ham köp özbeklarimiz Rossiyaga moyil ekani körinadi. Ular aytadiki: “Rossiya bizni boqayotgan davlat, biz u yerda millionlab kişi bölib işlayapmiz va pul jönatyapmiz”, deydi. Mana şu ham aslida korrupsiya va davlatga bölgan işonçning past ekanini körsatadi. Ya’ni ular Rossiya va Özbekiston jamiyatini qiyoslab köradi, u yerda korrupsiya nisbatan past, işlaş imkoniyatlari köproq bölgani uçun ham qiyosiy tahlilda Rossiya jozibaliroq siyosiy tizim bölib körinadi.
Rossiyaning axborot resurslari nihoyatda katta. Biz qattiq avtoritarizm davrini boşimizdan keçirdik va ötgan 30 yil içida layoqatli, mustaqil axborot makonini şakllantira olmadik. Özbekistondagi senzura butun bir Özbekiston jamiyatini Rossiya kanallarini körişga majbur qildi.
Biz Rossiyadan haligaça axborot olişda davom etyapmiz. Rossiya juda katta, gigant axborot makoniga ega. Uning orbitasidan çiqib ketiş imkoniyati juda ham past. Mana bu, bir tomondan, qattiq avtoritarizm, ikkinçi tomondan, jamiyatdagi korrupsiya va monopoliyalar köpçilik aqli va yuragi bilan Rossiyaga moyil bölib qolişiga sabab bölyapti.
Bu – Özbekistonning içki muammolari. Mana şu narsa hal bölmasa, Rossiya xohlagan paytda bizning içki vaziyatimizni izdan çiqariş imkoniyatiga ega. 2010 yilda Qirğizistondagi Bakiyevlar oilasini kim hokimiyatdan yiqitdi? Bu – Rossiya. Ya’ni Rossiya özining ommaviy axborot vositalari orqali bir tomondan Qirğiziston xalqining kötarilişiga, ikkinçi tomondan geosiyosiy bosim qiliş orqali hokimiyatni yiqitdi.
Mana şunday resurs Rossiyada bor. Rossiya buni juda ham yaxşi biladi. Şuning uçun içki islohotlar, ma’muriy-siyosiy islohotlar Özbekistonda juda ham katta zarurat deb öylayman”, – deydi siyosatşunos.
“Globallaşgan dunyoda axborot bilan hazillaşilmaydi”
Rabbimov, şuningdek, Facebook'dagi sahifasida ham ayni masala yuzasidan fikrlari bilan bölişdi












