Rasmiy Kiyev pozitsiyasini e’lon qilib boruvçi Ukraina prezidenti ofisi maslahatçisi Mixail Podolyak 24 fevral kuni rossiyalik jurnalistlarni yiğib, sodir bölayotgan voqealar xronologiyasi böyiça Kiyevning versiyasini taqdim etdi.

Uning aytişiça, mamlakatda ayovsiz jang ketmoqda, Kiyev yirik şaharlardan birini qamal qilişga urinişni kutmoqda. Rossiya Mudofaa vazirligiga köra, Rossiya Ukraina şaharlariga, ijtimoiy obektlarga hujum qilmayapti. Kiyev esa boşqaça ma’lumot beryapti. Quyida Mixail Podolyakning brifingdagi asosiy gaplari keltiriladi.

– Kiyev vaqti bilan soat 03:40 da harbiy obektlariga zarba berildi. Kiyevga, Xarkovga, harbiy tuzilmalarga zarbalar berildi. Lvov, Ivano-Frankov, Lutsk kabi Ukrainadagi viloyat markazlariga ham zarbalar berildi. Bu aniq zarbalar aslida kutilganidek aniq bölmadi.

– Kiyev vaqti bilan 05:30 da quruqlikdan operatsiya boşlandi. Sumi va Xarkov çegaralariga birinçi zarbalar berildi. Ayniqsa janubiy yönalişda qiyin janglar ketmoqda. Ya’ni Odessa, Xerson va Sumida. U yerda nafaqat harbiy tuzilmalar, balki köpriklar, temiryöl, ijtimoiy obektlar yöq qilinmoqda.

– Rossiya harbiylarining keyingi vazifasi manzilli desantçilar yordamida harakatlaniş böldi. Kiyevga ham desantçi tuşirişga harakat qilişdi, Gostomel aeroporti uçun jiddiy janglar ketmoqda. Rossiya armiyasining asosiy maqsadi Ukraina hukumati rahbarlarini, xususan, prezidentni yöq qiliş.

– Doimiy ravişda reaktiv snaryadlar va artilleriya işlatilmoqda. Ularni işlatişdan maqsad nafaqat zarba beriş, balki odamlar orasida sarosima uyğotiş.

– Bizda umummilliy armiyaga çaqiruv e’lon qilingan, hududiy mudofaa kuçlari köngillilarga qurol tarqatmoqda.

– Uruş muzokara orqali tugaydi deb öylamayman, çunki Rossiya heç qanday muzokaraga könadiganga öxşamaydi.

– Rossiya harbiylari köplab yönalişlarda harakatlanmoqda. Kolonna va armiya rezervistlari faqat Donetsk va Lugansk viloyatlariga yönaltirilgan. Bu hududlarda tölaqonli armiya janglari ketmoqda.

– Qolgan hududlarda asosan desantçilar va vertolyot yordamida harakatlanişmoqda. Xerson va Odessada dengizdan hujum qilingan holatlarda kiçik lokal guruhlar harakatlanyapti.

– Xarkov, Çernigovsk, Jitomir kabi avval uruş bölmagan yerlarda tank kolonnalari harakatlanmoqda. Ular bir neça km yurişadi-da, keyin jangga kirişadi. Masalan, 50-100 km yurgaç. Ular quruqlikda yöqotişga uçramoqda, önlab tanklar yoqib yuborildi, 6-7 samolyot, yana vertolyotlar urib tuşirildi.