"Har qadamda portlash" - Ukrainadan evakuatsiya qilingan o‘zbekistonliklarning ilk guruhi Toshkentga yetib keldi
|12:55 / 01.03.202236 8781 min
Ushbu maxsus reys bilan 251 nafar O‘zbekiston fuqarosi Polshaning Katovitse shahridan olib kelindi. Olib kelinganlarning 37 nafari bolalar va 10 nafar chaqaloqlar.
Shuningdek, bugun, 1 mart kuni navbatdagi maxsus reys amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Hozirda Polshaning Katovitse shahridan "Uzbekistan Airways" AJ tomonidan bajarilayotgan maxsus aviaqatnovlar orqali O‘zbekistonga olib kelinayotgan fuqarolardan aviachipta uchun hech qanday to‘lov undirilmaydi.