Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirligi örnida taşkil etilgan Mahalla va nuroniylarni qöllab-quvvatlaş vazirligi rahbariga uç nafar örinbosar tayinlandi.
Sodiqjon Turdiyev mahalla va nuroniylarni qöllab-quvvatlaş vazirining birinçi örinbosari lavozimiga tayinlandi.

Sodiqjon Turdiyev 2012-2013 yillarda Fermerlar kengaşi raisi bölgan, 2013 yil dekabrida ÖzLiDeP yetakçiligiga saylangan, 2015 yilda Oliy Majlis Qonunçilik palatasi spikeri örinbosari bölgandi. 2018 yil avgustida Andijon viloyatining Jalaquduq tumani hokimi lavozimiga tayinlangandi, 2019 yil avgustida tuman hokimligini tark etgan, 2020 yil yanvarida «Nuroniy» jamğarmasi raisi bölgan, keyinroq 2020 yil fevralida mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vaziri örinbosarligiga tayinlangandi.
Abdulla Tursunov mahalla va nuroniylarni qöllab-quvvatlaş vazirining örinbosari lavozimiga tayinlandi. Bungaça u Prezident Administratsiyasi mas’ul xodimi sifatida faoliyat yuritgan.
Muxtor Muhiddinov mahalla va nuroniylarni qöllab-quvvatlaş vazirining örinbosari lavozimiga tayinlandi.

Muxtor Muhiddinov muqaddam Toşkent şahar Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi boşliği bölgan, 2020 yil noyabridan buyon Toşkent şahar hokimi örinbosari - şahar kanallaridan foydalaniş va ularga tutaş hududlarni obodonlaştiriş boşqarmasi boşliği edi.
- Eslatib ötamiz, mart oyi boşida Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirligi Mahalla va nuroniylarni qöllab-quvvatlaş vazirligi sifatida qayta taşkil etildi. Unga rahbarlik qiliş Prezident maslahatçisi Tursinxon Xudaybergenovga yuklatildi.











