Oliy Majlis Qonunçilik palatasining navbatdagi majlisida hukumat tarkibidagi özgarişlar körib çiqildi. Telegramdagi «Nigoh» kanalining yozişiça, general mayor Abdulla Qöldoşev nomzodi favqulodda vaziyatlar vaziri lavozimiga ma’qullandi.

Abdulla Qöldoşev

Abdulla Qöldoşev 1957 yilda tuğilgan. 2000−2004 yillarda Özbekiston IIV Yonğin xavfsizligi boş boşqarmasi boşliği (hozirda FVV tarkibida), 2004−2009 yillarda içki işlar vaziri örinbosari, 2009−2011 yillarda Qaşqadaryo viloyati IIB boşliği, 2011−2012 yillarda Samarqand viloyati IIB boşliği, keyinroq Özbekiston IIV Yonğin xavfsizligi instituti boşliği lavozimida işlagan.

U 2018 yil aprelida Favqulodda vaziyatlar vazirining birinçi örinbosari lavozimiga tayinlangandi.

Endilikda FVVning sobiq rahbari Tursinxan Xudoyberganov esa mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vaziri vazifasini vaqtinça bajaruvçi etib ma’qullangan.

Tursinxan Xudoyberganov

Tursinxan Xudoyberganov 1951 yilda Toşkent viloyati Çinoz tumanida tuğilgan. 1974 yilda Toşkent pedagogika institutini, 1982 yilda Içki işlar vazirligi akademiyasini tamomlagan. 1974-1999 yillarda Özbekiston IIVda turli lavozimlarni egallagan, 1999-2001 yillarda Xorazm viloyati IIB boşliği bölgan, 2001-2006 yillarda Özbekiston prezidentining huquqni muhofaza qiluvçi va nazorat organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş masalalari böyiça davlat maslahatçisi bölgan, 2006-2010 yillarda Farğona viloyati IIB boşliği lavozimida işlagan.

U 2010 yildan 2016 yilgaça Favqulodda vaziyatlar vaziri sifatida işlagan, 2016 yil dekabrida prezidentning Fuqarolar huquqlarini himoya qiliş va murojaatlar bilan işlaş masalalari böyiça maslahatçisi lavozimiga tayinlangan. U 2018 yil aprelida yana FVV rahbarligiga qaytarilgan, şu bilan birga prezident maslahatçisi lavozimini saqlab qolgan.