Tursinxan Aydaroviç Xudaybergenov prezidentning Orolböyi mintaqasini barqaror rivojlantiriş masalalari buyiça maslahatçisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda prezident matbuot xizmati rahbari xabar bermoqda.
Şu munosabat bilan u prezidentning fuqarolar huquqlarini himoya qiliş va murojaatlar bilan işlaş masalalari böyiça maslahatçisi lavozimidan ozod etildi.
U mahalla va nuroniylarni qöllab-quvvatlaş vaziri vazifasini bajaruvçisi lavozimidagi faoliyatini davom ettiradi.
Tursinxan Xudoyberganov 1951 yilda Toşkent viloyati Çinoz tumanida tuğilgan. 1974 yilda Toşkent pedagogika institutini, 1982 yilda Içki işlar vazirligi akademiyasini tamomlagan. 1974-1999 yillarda Özbekiston IIVda turli lavozimlarni egallagan, 1999-2001 yillarda Xorazm viloyati IIB boşliği bölgan, 2001-2006 yillarda Özbekiston prezidentining huquqni muhofaza qiluvçi va nazorat organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş masalalari böyiça davlat maslahatçisi bölgan, 2006-2010 yillarda Farğona viloyati IIB boşliği lavozimida işlagan.
U 2010 yildan 2016 yilgaça Favqulodda vaziyatlar vaziri sifatida işlagan, 2016 yil dekabrida prezidentning Fuqarolar huquqlarini himoya qiliş va murojaatlar bilan işlaş masalalari böyiça maslahatçisi lavozimiga tayinlangan. U 2018 yil aprelida yana FVV rahbarligiga qaytarilgan, şu bilan birga prezident maslahatçisi lavozimini saqlab qolgan.
U 2022 yil martida esa yana FVV rahbarligidan ketib, boşqa lavozimga - mahalla va nuroniylarni qöllab-quvvatlaş vaziri vazifasini bajaruvçisi sifatida tasdiqlangandi.












