Yakshanba kuni kunduzi Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin mamlakat tiyib turuvchi yadroviy kuchlari «alohida muhim jangovar navbatchilik rejimi»ga o‘tkazilishini ma’lum qildi.

«Yars» qit’alararo ballistik raketasi Moskvadagi g‘alaba paradida. 2018 yil
FOTO: Sergey Bobilyov / TASS

«G‘arb davlatlari mamlakatimizga nisbatan barchaga ma’lum nolegitim sanksiyalarni – nodo‘stona harakatlarni nafaqat iqtisodiy sohada amalga oshirmoqda. NATO yetakchi davlatlarining oliy darajadagi mansabdor shaxslari mamlakatimiz sha’niga tajovuzkor so‘zlarni ham o‘zlariga ep ko‘rishmoqda, — dedi Putin. — Shuning uchun mudofaa vaziri va bosh shtab boshlig‘iga Rossiya armiyasining tiyib turuvchi kuchlarini jangovar navbatchilik o‘tashning alohida rejimiga o‘tkazishni buyuraman».

RIA Novosti agentligi xabar berishicha, RF mudofaa vaziri Sergey Shoygu buyruqqa binoan Shimoliy va Tinch okeanlari flotlari strategik maqsaddagi raketa qo‘shinlari boshqarish punktlari, uzoq masofaga uchuvchi aviatsiya qo‘mondonligi kuchaytirilgan tarkibda jangovar navbatchilikni o‘tashni boshlagani haqida Putinga hisobot bergan.

Dushanba kuni RF prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov prezidentning tiyib turuvchi kuchlarning jangovar navbatchilikning alohida rejimiga o‘tkazish haqidagi qarori, jumladan Buyuk Britaniya TIV rahbarining bayonotidan so‘ng qabul qilinganini bildirdi.

«Turli darajadagi turli vakillarning NATO va RF o‘rtasidagi ehtimolli ziddiyatlar va to‘qnashuvlar borasidagi fikrlari yangradi. Bunday fikrlarga mutlaqo o‘rin yo‘q deb hisoblaymiz. Men bu bayonotlarning mualliflarini sanab o‘tirmayman, garchi bu Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri bo‘lsa ham», — degan Peskov jurnalistlarga (Interfaks iqtibosi).

Peskov inglizlar tashqi ishlar vaziri Liz Trass xonimning aynan qaysi so‘zlarini nazarda tutgani noma’lum, biroq shu kunlari BBC’ga bergan intervyusida vazir britaniyaliklar Ukraina prezidenti Zelenskiyning chaqiruviga ko‘ra ko‘ngilli ravishda janglarda ishtirok etish istagini bildirsa, ular bunga haqli ekanini aytib o‘tgandi. Biroq shu holatda ham Britaniyaning Ukrainaga o‘z askarlarini jangovar harakatlarda ishtirok etish uchun jo‘natish niyati yo‘qligini qayd etgan.

Ko‘pchilik Vladimir Putinning so‘zlarini yadro qurolidan foydalanish tahdidi o‘laroq qabul qildi. BBC Rossiya prezidentining bayonoti ortidan paydo bo‘luvchi savollarga