Yevropa Ittifoqi Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişiga javoban navbatdagi sanksiyalarni e’lon qildi.
Unga köra, bugundan boşlab Rossiyaning 7ta banki moliyaviy operatsiyalar böyiça xalqaro tizim – SWIFT'dan uzib qöyildi. Röyxatda mamlakatning aktivlari hisobi böyiça ikkinçi eng yirik banki – VTB hamda yana bir yirik bank – VEB.RF ham bor. Şuningdek, “Rossiya”, “Otkrytiye”, Novikombank, Promsvyazbank va Sovkombank kabi unça yirik bölmagan banklar ham xalqaro moliyaviy tranzaksiyalar uçun SWIFT'dan foydalana olmaydigan böldi.
Yevroittifoq, şuningdek, naqd yevro banknotlarini Rossiyaga sotiş va Rossiya hududiga yetkazib berişni taqiqladi. Yevropa hududida Rossiya Töğridan töğri investitsiyalar fondi bilan iştirokidagi loyihalarda iştirok etiş ham man etilmoqda.
SWIFT (Society for Worldwide Interbank Financial Telecommunication) – banklararo ma’lumot almaşiş va tölovlarni amalga oşiriş tizimi bölib, unga dunyoning deyarli barça mamlakatlaridagi 11 mingdan ortiq yirik taşkilotlar ulangan.
Uşbu tizim butun dunyo böylab moliya institutlariga operatsiyalar töğrisidagi ma’lumotlarni xavfsiz, standartlaştirilgan va işonçli tarzda yuboriş va qabul qiliş imkonini beradi. SWIFT orqali kuniga örtaça 42 mln ma’lumot almaşiladi va global miqyosdagi tölovlarning yarmiga yaqini uşbu platforma orqali amalga oşirilgan.
Rossiyada SWIFT'ning muqobili sifatida SPFS tizimi bor. Undan asosan rus banklari içki ötkazmalarda foydalanib kelişadi.
Rossiya Milliy SWIFT assotsiatsiyasi ma’lumotlariga köra, mamlakatning 300 ga yaqin yetakçi bank va taşkilotlari ma’lumot almaşişda aynan uşbu tizimni işlatişadi va platformadan foydalanuvçilar soni böyiça dunyoda AQŞdan keyin ikkinçi örinda turişadi. Hisob-kitoblarga köra, SWIFT’da yuboriluvçi xabarlar soni böyiça Rossiya dunyoda 6-örinda turadi. Rossiyaning yillik ötkazma hajmi 800 mlrd dollarga yetişi mumkin. Bu – mamlakat yalpi içki mahsulotining yarmidan biroz köp.
Mazkur xalqaro tizimdan foydalaniş çeklovi Rossiyaning asosiy banklaridan hisoblanmiş Sberbank va Gazprombankka taalluqli emas. WSJ'ning qayd etişiça, YeIning qator a’zolari Rossiya bilan muhim moliyaviy operatsiyalar uçun, xususan import qilinadigan energoresurslar tölovini amalga oşiriş uçun mamlakatning barça asosiy banklarini SWIFT'dan uzib qöyişga qarşiligini bildirgan.













