Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Pokiston boş vaziri Imron Xonning taklifiga binoan 3−4 mart kunlari davlat taşrifi bilan uşbu mamlakatda böladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.

Oliy darajadagi muzokaralar kun tartibidan Özbekiston-Pokiston strategik şeriklik va köp qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantiriş masalalari örin olgan.

Eng avvalo, savdo, investitsiyalar, sanoat kooperatsiyasi, transport, logistika, infratuzilma va turizma sohalarida amaliy hamkorlik böyiça qöşma loyihalarni amalga oşirişga, madaniy-gumanitar almaşinuv dasturlarini kengaytiriş masalalariga alohida e’tibor qaratiladi. Xalqaro va mintaqa kun tartibi yuzasidan fikr almaşiladi.

Sammit yakunida qöşma deklaratsiya va qator ikki tomonlama hujjatlarni qabul qiliş rejalaştirilgan.

Taşrif dasturiga muvofiq, davlat rahbari Pokiston prezidenti Orif Alviy, uşbu mamlakat idoralari va yetakçi kompaniyalari rahbarlari bilan uçraşişi ham közda tutilmoqda.