Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda ov qilish taqiqlangan pnevmatik miltiq bilan ov qilib yurgan shaxs ushlandi
Unda ov qilish uchun tegishli hujjatlar ham bo‘lmagan.
Qashqadaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasining xabar berishicha, Kitob tuman ekologiya bo‘limi inspektorlari tomonidan hududda ov qilish qoidalarini tushuntirish maqsadida ekologik nazorat reyd tadbiri o‘tkazilgan.
Reyd davomida “Palandara” MFY hududida yashovchi fuqaro T. Z. ov qilish uchun taqiqlangan, havaskorlik sport quroli bo‘lgan pnevmatik miltiq bilan hududdagi Qoraxon tog‘idan ov qilib qaytayotganda to‘xtatilib, mashinasi ko‘zdan kechirilganda uning salon qismidan 1 dona pnevmatik miltiq, 1 dona audiopleyr, yukxonasida 1 dona kaklik borligi ma’lum bo‘lgan.
Inspektorlar tomonidan ushbu fuqaroning ov qilish huquqini beruvchi hujjatlari tekshirilganda hech qanday hujjatlar yo‘qligi aniqlangan. Pnevmatik miltiq tuman IIBga hujjatlar to‘planib, sud qarori chiqquniga qadar ushlab turish uchun topshirilgan.
Mavzuga oid
16:02 / 15.07.2026
Qashqadaryoda ham jazirama sabab og‘ir yuk avtomobillari harakati vaqtincha cheklanadi
10:09 / 15.07.2026
Qashqadaryoda uchta bankka oid firibgarlik holati aniqlandi
17:32 / 10.07.2026
Kun.uz surishtiruvidan so‘ng: Qashqadaryoda eshak go‘shti savdogari ozodlikdan mahrum qilindi
14:58 / 08.07.2026